Yangiliklar

19.01.2017, 18:01Yaponiyaning “Matsumae International” Jamg’armasi grantlari

Yaponiyaning “Matsumae International” Jamg’armasi grantlari

Yaponiyaning “Matsumae International” Jamg’armasi Yaponiya oliygohlarida tabiiy, texnik va tibbiyot sohalariga oid ilmiy-tadqiqot izlanishlari olib borishga qaratilgan tanlovni ochiq deb e’lon qildi.

Batafsil...

19.01.2017, 17:18Koreyaning Istiqbolli Tadqiqotlar Jamg’armasi grantlari

Koreyaning Istiqbolli Tadqiqotlar Jamg’armasi grantlari

Koreyaning Istiqbolli tadqiqot Jamg’armasi Osiyo davlatlari professor-o’qituvchilari uchun “Xalqaro ilmiy almashinuv 2017-2018” dasturi doirasidagi grantlarni e’lon qildi.

Batafsil...

18.01.2017, 20:17E`lon

E`lon

Hurmatli ustozlar, talabalar, ota-onalar, abiturientlar hamda saytimizga tashrif buyuruvchilar. Sizlarga universitetimiz rektoriga elektron murojaatlar yuborish uchun ishlab chiqilgan virtual qabulxonaning yangi versiyasi ishga tushganligini ma`lum qilmoqchimiz.

Batafsil...

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-02

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar





Bizning stipendiatlar

Raxmatova Iqbolxon Inomjonovna
(Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori)

Raxmatova Iqbolxon Inomjonovna 1976 yil 7 aprelda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 2013 yilda Farg‘ona davlat universitetiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan.Hozirgi kunda FarDU pedagogika fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi IV bosqich talabasi. Raxmatova Iqbolxon Inomjonovna “Tasviriy san’at fanida bolalarni estetik tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda. Uning 12 tadan ortiq tezis va ilmiy maqolalari mavjud bo‘lib, ulardan 2 tasi Rossiya davlatining “Ученый XXI века” Xalqaro ilmiy jurnalida chop etilgan. 2015 yilda AmirTemur tavalludiga bag‘ishlangan Farg‘ona viloyati bo‘yicha 5 ta oliygohlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Temuriy malikalar” mavzusidagi iqtidorli talabalar bellashuvida o‘zining ijodiy dizaynerlik mahorati bilan faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2016 yil may oyida NamDU da o‘tkazilgan “Yoshlar festivali” san’at ko‘rgazmasida o‘zining “Manzara”, “Natyurmort”, “Kompozitsiya” ijodiy ishlari bilan faol qatnashib, “Yurtim ranglar jilosida” deb nomlangan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Barcha stipendiatlar

Bizning manzilimiz




150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
H/r: 400910860304017950100079001
STIR: 201133366 MFO: 00014

Axborot texnologiyalari markazi
Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

© Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2015